Toshkent, butun shahar bo'ylab boramiz, 24/7 ishlaymiz Русский
AURA SHTORIPREMIUM CURTAINS

Bolalar xonasi uchun pardalar

Bolalar xonasida parda avvalo qulay va xavfsiz bo'lishi kerak: bola uni ushlaydi, tortadi va ortiga yashirinadi. Mato, uzunlik va karnizni shunday tanlaymizki, parda oson yuvilsin va mustahkam tursin.

2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat — Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling

  • Pardachilikda 20 yil
  • 5 yil kafolat
  • 3 kundan tayyor
  • 1000+ topshirilgan zakaz
  • 200 m² o'z sexi
  • 2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat

Bolalar xonasiga odatda nima tanlanadi

  • Tyul va blackout — kunduzi yorug', kunduzgi uyqu paytida esa xonani qorong'ilatish mumkin.
  • Rim pardasi — kalta, polda yotmaydi, kichkina bolaning qo'li yetmaydi.
  • Lentali yengil pardalar — yechib yuvish oson.
  • Bolalarcha rasm o'rniga sokin fon — bola ulg'ayganda pardani almashtirishga to'g'ri kelmaydi.

Xavfsizlik

Bolalar xonasida karnizni ayniqsa mustahkam o'rnatamiz: bolalar pardani o'ziga tortadi. Kichkintoylar uchun tokchagacha parda yoki rim pardasi qulayroq — poldagi uzun matoga qoqilib ketish oson. Og'ir bog'ichlar, popuklar va uzun iplarni bolalar xonasida ishlatmagan ma'qul.

Mato va rang

Bolalar xonasi uchun tez-tez yuvishga chidaydigan va changni kam yig'adigan matolar olinadi. Sokin ranglar uxlashga yordam beradi, yorqin urg'uni esa yostiq va choyshab bilan berish mumkin — ularni almashtirish pardadan osonroq.

Uyqu uchun blackout

Blackout bolani kunduzi va yozda, erta tong yorishganda uxlatishga yordam beradi. Xonani rang emas, matoning zichligi qorong'ilashtiradi, shuning uchun blackout och rangda ham bo'ladi.

Parvarish

Bolalar xonasidagi parda boshqa xonalardagidan tez-tez yuviladi. Buni o'zimiz qilib beramiz: yechib olamiz, yuvamiz, dazmollaymiz va joyiga ilamiz.

Pardangiz qanday ko'rinishini va aniq narxini 15 daqiqada bilib oling.

2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat — Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling

  • Pardachilikda 20 yil
  • 5 yil kafolat
  • 3 kundan tayyor
  • 1000+ topshirilgan zakaz
  • 200 m² o'z sexi
  • 2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat

Ishlarimiz

Bolalar xonasidagi pardalar — Aura Shtori, Toshkent, O'zbekiston

Barcha ishlar

Bepul o'lchovga ariza

Raqamingizni qoldiring — 25 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz, savollarga javob beramiz va o'lchov vaqtini kelishamiz. Bu bepul va hech narsaga majbur qilmaydi. O'lchovga 2 ta derazadan boshlab boramiz; bitta deraza uchun onlayn maslahat beramiz va narxni o'lchamingiz bo'yicha hisoblaymiz.

Tugmani bosib, raqamingizdan faqat siz bilan bog'lanish uchun foydalanishimizga rozilik bildirasiz.

Ko'p beriladigan savollar

Ko'p beriladigan savollarga javoblar

Bolalar xonasiga qanday parda yaxshi?

Oson yuviladigan va xavfsiz parda: mustahkam karnizda tyul va blackout yoki kalta rim pardasi. Og'ir drapirovka, popuk va uzun iplar bolalar xonasiga kerak emas.

Bolalar xonasiga blackout kerakmi?

Bola kunduzi uxlasa yoki erta quyoshdan uyg'onib ketsa — kerak. Blackout och rangda ham bo'ladi: xonani rang emas, matoning zichligi qorong'ilashtiradi.

Bolalar xonasida parda qancha uzunlikda bo'lsin?

Kichkintoylar uchun tokchagacha parda yoki rim pardasi qulay — qo'li yetmaydi va qoqilmaydi. Maktab yoshidagi bola uchun polgacha parda ham mos keladi.

Pardangiz narxini hisoblab beramiz

Ikkita savol — va narxni darhol ko'rasiz

2 ta savoldan 1-si

Nechta deraza?