ASAURA SHTORIPREMIUM CURTAINS

Toshkentda karniz va elektr karnizlar

Parda qanday osilishini karniz belgilaydi. Biz karnizni mato, parda og'irligi va interyerga qarab tanlaymiz va pardalar bilan birga o'rnatamiz — alohida usta qidirishingiz shart emas.

Telegram'da javob beramiz — deraza eni va bo'yini yuboring

Qanday karnizlar o'rnatamiz

  • Truba karniz — klassika: halqa yoki lyuverslardagi pardalar.
  • Dekorativ karniz — uchliklari bilan, karnizning o'zi interyer qismiga aylanadi.
  • Ship (potolochniy) metall karniz — shipga mahkamlanadi, derazani balandroq ko'rsatadi, ikki qatlam uchun qulay (tyul + parda).
  • Elektr karniz — pardalar elektr yuritma bilan ochiladi va yopiladi.

Elektr karnizlar

Elektr karniz ayniqsa keng va baland derazalarda, panorama oynali mehmonxona xonalarida va pardaga qo'l yetishi noqulay joylarda qulay. Mexanizmni pardalaringiz og'irligiga qarab tanlaymiz.

Pardangiz qanday ko'rinishini va aniq narxini 15 daqiqada bilib oling.

Telegram'da javob beramiz — deraza eni va bo'yini yuboring

Ko'p beriladigan savollar

Faqat karniz buyurtma qilsa bo'ladimi?

Telegram'da nima kerakligini yozing — maslahat beramiz.

Tyul va qalin parda uchun qanday karniz kerak?

Ikki qatorli karniz kerak: ship karnizi yoki ikki trubali karniz. O'lchovda maslahat beramiz.

Elektr karniz qancha turadi?

Narx deraza eni va parda og'irligiga bog'liq. Telegram'da o'lchamlarni yuboring — narxini aytamiz.

Telegram'da yozish