Toshkent, butun shahar bo'ylab boramiz, 24/7 ishlaymiz Русский
AURA SHTORIPREMIUM CURTAINS

Mehmonxona uchun pardalar

Mehmonxona — mehmonlar ko'radigan xona, bu yerda parda butun interyerga kayfiyat beradi. Zalga ko'pincha ikki qatlam tanlanadi: kunduzi uchun yengil tyul va kechqurun uchun porter.

2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat — Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling

  • Pardachilikda 20 yil
  • 5 yil kafolat
  • 3 kundan tayyor
  • 1000+ topshirilgan zakaz
  • 200 m² o'z sexi
  • 2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat

Mehmonxonaga odatda nima tanlanadi

  • Ikki qatorli karnizda tyul va porter — zal uchun eng ko'p tanlanadigan variant.
  • Faqat polgacha tyul — yorug' zamonaviy interyerlar uchun.
  • Qalin porterlar — deraza ko'chaga yoki quyosh tomonga qaragan bo'lsa.
  • Devordan devorgacha parda — deraza kengroq, xona esa kattaroq ko'rinadi.

Rang va mato

Parda devor, mebel va polga moslab tanlanadi: bir xil tusda — sokin interyer uchun, kontrast rangda — parda urg'u bo'lishi kerak bo'lganda. Dizayner 299 namuna olib keladi, siz matoni o'z devoringiz va divaningiz yonida, o'z yorug'ligingizda ko'rasiz.

Mehmonxonada karniz

Ship karnizi shipni ko'zga balandroq ko'rsatadi, shipdan polgacha tushgan parda esa derazani balandroq qiladi. Ikki qatlam uchun ikki qatorli karniz kerak. Elektr karniz ham qo'yish mumkin — parda pult, ilova yoki ovoz bilan ochiladi.

Narxi qancha

Eni 3 m deraza uchun tyul va porter karniz va o'rnatish bilan matoga qarab taxminan 180–270 $ turadi. Aksiya bo'yicha 300 × 300 sm gacha deraza uchun bazaviy paket — 200 $.

Pardangiz qanday ko'rinishini va aniq narxini 15 daqiqada bilib oling.

2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat — Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling

  • Pardachilikda 20 yil
  • 5 yil kafolat
  • 3 kundan tayyor
  • 1000+ topshirilgan zakaz
  • 200 m² o'z sexi
  • 2 ta derazadan bepul o'lchov yoki onlayn maslahat

Ishlarimiz

Mehmonxona xonasida tyul va porter — Aura Shtori, Toshkent, O'zbekistonMehmonxona xonasidagi pardalar — Aura Shtori, Toshkent, O'zbekistonMehmonxonada porter va tyul — Aura Shtori, Toshkent, O'zbekistonYashil porter va tyul — Aura Shtori, Toshkent, O'zbekiston

Barcha ishlar

Ishlarimiz videoda

Mehmonxonada pardalar: porter va havorang tyul
Mehmonxonada tyul va jigarrang porterlar
Katta derazadagi bej porterlar

Bepul o'lchovga ariza

Raqamingizni qoldiring — 25 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilamiz, savollarga javob beramiz va o'lchov vaqtini kelishamiz. Bu bepul va hech narsaga majbur qilmaydi. O'lchovga 2 ta derazadan boshlab boramiz; bitta deraza uchun onlayn maslahat beramiz va narxni o'lchamingiz bo'yicha hisoblaymiz.

Tugmani bosib, raqamingizdan faqat siz bilan bog'lanish uchun foydalanishimizga rozilik bildirasiz.

Ko'p beriladigan savollar

Ko'p beriladigan savollarga javoblar

Hozir mehmonxonaga qanday pardalar tanlanadi?

Ko'pincha — bir rangli tyul va sokin tusdagi porter, ship karnizida, shipdan polgacha. Lekin tanlov interyerga bog'liq: o'lchovda xonangizga mos variantlarni ko'rsatamiz.

Porter bo'lsa, tyul kerakmi?

Tyul kunduzi xonani ko'zdan to'sadi va yorug'likni yumshatadi, porter esa kechqurun va quyoshdan kerak. Shuning uchun mehmonxonaga odatda ikkala qatlam qo'yiladi.

Buyurtma qancha vaqt oladi?

O'lchov — sizga qulay kunda, seximizda tikish — 3 kundan, keyin olib kelamiz, karnizni o'rnatamiz va pardani ilamiz.

Pardangiz narxini hisoblab beramiz

Ikkita savol — va narxni darhol ko'rasiz

2 ta savoldan 1-si

Nechta deraza?